Ijodkor his qilgan narsani oddiy inson his qilolmaydi, ijodkor boʻyniga olgan masʼuliyatni oddiy inson boʻyniga ololmaydi, ijodkor koʻra bilgan narsalarni oddiy inson koʻra olmaydi. Kichik bir voqea ham ijodkorni qalbida katta boʻron koʻtarilishiga sabab boʻlishi mumkin. Mening hech bir sheʼrim shunchaki dunyoda kelmadi, avval boshdan oʻtdi, keyin qalbga joylandi, oxiri sheʼr tarzida qogʻozga tushdi. His qilmay yozgan shoirdan goʻzal sheʼrlar yaralmaydi. Shunchaki yozmoqlik shoirga oʻlim bilan barobardir. Koʻplar sheʼr yozishingizga nima turtki boʻlgan deyishadi. Men esa shunchaki dard deyman. Dardsiz shoir shoir emas, dardsiz sheʼr esa sheʼr sanalmaydi. Men hayotimdan afsuslanmayman. Hattoki dardlarimdan ham. Bilamanki,dard bergan Allohim ham meni yaxshi koʻradi. Shu dardli kunlar menga kuchli boʻlishni oʻrgatdi, shukrni, sabrni koʻrsatdi va eng asosiysi qoʻlimga qalam tutqazdi. Qoʻlimga qalam tutqazgan Allohimga behisob shukr.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-74984-4 |
ISBN-10: |
6206749843 |
EAN: |
9786206749844 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Munisa Aminboyeva |
Number of pages: |
68 |
Published on: |
2025-04-01 |
Category: |
Education, Occupation, Career |