Adabiyot sanʼati inson yaratgan betakror moʻjiza. Ijodkorning oniy kayfiyati, lahzalik porloq kechinmalari ustuvorlik qilgan asarda fikrlar shodasi kutilmagan va sezimlarga kuchli taʼsir koʻrsatadigan yoʻsinda ifodalanishiga eʼtibor qilinadi. Shu bois ham har bir ijodiy asardan oʻta muhim ijtimoiy gʻoya ifodasini kutish maqsadga muvofiq emas. Ularda tuygʻular poʻrtanasi qudratli, sezimlar miqyosi keng va taʼsirchanlik, yuqumlilik darajasi yuqori boʻlishi muhimdir. Asarning uzoq yashashini taʼminlaydigan asosiy omillar: tuygʻular samimiyati va ifoda tabiiyligidir. Shu bois, ushbu yosh ijodkorlar bayozini "Rangin tuygʻular" deb nomlandi. Zero, yuksak tuygʻular joʻsh urgan yoniq yuraklarda tugʻilgan otashin satrlar soʻz shaydolari koʻngillariga yetib borsin!
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-74308-8 |
ISBN-10: |
620674308X |
EAN: |
9786206743088 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
NAZOKAT OʻRINBOYEVA |
Number of pages: |
108 |
Published on: |
2023-12-24 |
Category: |
Other |