Tushlarimda seni koʻrdim

Tushlarimda seni koʻrdim

Muhabbat nafasi

JustFiction Edition ( 2023-10-11 )

€ 24,90

Buy at the MoreBooks! Shop

Onam erkalabgina peshonamdan oʻpib qoʻydi. Ammo qalbim sira tinchlanganicha yoʻq. Uni hech qachon kechira olmayman. Xiyonatkorlani kechirmaslik kerak. Ularga bu azobni qanday ayanchli ekanligini his qilishlari uchun zamin yaratish kerak. Ular shunchaki baxtli boʻlib ketmasliklari lozim. Ular ham qiynalishlari, azob chekishlari, sogʻinishlari, kechalari uhlay olmay alahsirab chiqishi darkor. Ana shunda ular tushunib yetadilarki bir qalbni qanchalar ogʻir jarohatlaganliklarini. Hayolimdan turli hil oʻylar oʻtardiyu lekin Suzini qiynalishini oʻylasam unga achinib ketardim. Unga bu ogʻriqlarni ravo koʻra olmasdim. Shiftga termilib yotar ekanman uning qoʻngʻirsoch sochlarini, mayin ovozlarini hayol qilaman. Goʻyoki u meni oʻziga chorlayotgandek namoyon boʻladi. U menga tabassum bilan boqardi. Beixtiyor yuzimga tabassum yuguradi. U bilan ilk uchrashuvni eslayman. Mashinada qilingan ajoyib sayr hayolimni qitiqlab oʻtib ketadi. Uning yorqin chehrasi, kulganida unga ajoyib goʻzallik paydo qiluvchi yanoqlarini unutib boʻlarkanmi? Yuzidagi hiyol sepkillar unga yanada chiroy ulashib turardi. Bilmadim nima uchun uni bu qadar sevib qoldim. Unga qalb eshiklarim oʻzidan-oʻzi ochilib ketdi.

Book Details:

ISBN-13:

978-620-6-74209-8

ISBN-10:

6206742091

EAN:

9786206742098

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

Abduqodir Maʼrifjonov

Number of pages:

64

Published on:

2023-10-11

Category:

Narrative literature