Har bir davrning taraqqiyoti va kelajagi ilmli yoshlar qo‘lida. Bugungi globallashuv va texnologik yutuqlar zamonida bilimli, ijodkor va izlanuvchan yoshlar jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib bormoqda. Ilmga chanqoq yoshlar nafaqat o‘z hayotini, balki butun dunyo taqdirini ham o‘zgartirishga qodir.Mazkur antologiya – ilm-fan, innovatsiya va ijodkorlik yo‘lida intilayotgan yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lishni maqsad qilgan. Unda turli sohalarda izlanish olib borayotgan, yangi g‘oyalar yaratgan va jamiyat rivojiga hissa qo‘shayotgan yoshlarning hikoyalari, ilmiy maqolalari va fikrlari jamlangan. Ushbu to‘plam yosh avlodni bilim olishga, kashfiyot qilishga va katta marralarni zabt etishga undash uchun yaratilgan.Antologiyada yoritilgan tajribalar, ilmiy izlanishlar va fikrlar nafaqat o‘quvchilar uchun foydali bo‘ladi, balki kelajak avlodga yo‘l ko‘rsatadigan mayoq vazifasini o‘taydi. Ilm va ma’rifat yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan yoshlarning harakati yurt ravnaqiga, insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonchimiz komil.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-74978-3 |
ISBN-10: |
6206749789 |
EAN: |
9786206749783 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
FAYZULLOYEV ABRAMAT |
Number of pages: |
52 |
Published on: |
2025-03-28 |
Category: |
Other |