Laylo Sharipova Vatanni, onani, do‘stlikni, sadoqatni tarannum etadi. “Vatan” tushunchasini mo‘jaz qishlog‘idan boshlab, Shofirkon – Buxoro – O‘zbekiston tarzida kengaytiradi va anglaydiki, inson uchun Yer Vatandir. Ona zamin muqaddasligini anglash uchun shoira yillar kechdi, fikran ulg‘aydi. Dastlab tuyg‘ular ifodasi ustuvor she’rlar tug‘ilgan bo‘lsa, yillar o‘tib borgan sayin fikr tiniqligi ohanglarga vobasta bo‘la borgani seziladi. Shoiraning aksariyat hollardagi darddoshi – onasi. Onasi bilan dardlasha-dardlasha bir kun onaga aylangan lirik qahramon goh ayol bo‘lib dil iztiroblarini she’riga to‘kib-soldi, goh ona bo‘lib farzandlariga, aniqrog‘i, yosh avlodga o‘z hayotiy saboqlarini tuyg‘u va fikr uyg‘unligida anglatishga intildi. Muhimi, shoira she’rlarida bugungi kundan saboq olish, ertangi kundan umidvorlik ruhi bor.Shoira ko‘ngil kechinmalarini goh hazin, goh hayotbaxsh misralarda qog‘ozga bitar ekan, aslida umrning mazmuni o‘zlikni anglash ekanligini takror-takror e’tirof etadi. Olam va odam munosabatlariga xos nozik qirralarni anglash va shu asnoda o‘z so‘zini aytishga jahd qilayotgan muallif bilan navbatdagi yuzma-yuzlik she’rxonga ham manzur bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-74925-7 |
ISBN-10: |
6206749258 |
EAN: |
9786206749257 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
LAYLO SHARIPOVA |
Number of pages: |
252 |
Published on: |
2024-09-03 |
Category: |
Folklore |