Bir kuni istarali, juda ham tortinchoq bir ona-bola mening yonimga kelib: -- Sizning "Onajonim she'riyat" toʻgaragi giz bor ekan. Men qizimni, 45-maktabning kutubxonachisi Fazilatning tavsiyasi bilan yoningizga olib keldim, — dedi Oysanam. — U adabiyotga, jurnalistikaga juda ham qiziqadi. Oʻshanda Munisaxon Mambetsoliyeva 45-son umumta'lim maktabining 6-sinfida oʻqirdi. She'rlarini olib keldi. Baholi qudrat tahlil qilib oʻziga tushuntirdim. Endigi safar yozgan maqolalarini olib keldi. Maqolalarini oʻqir ekanman, juda ham hayratlandim. Bunchalik zakovat, bunchalik salohiyat bilan yozilgan maqolalarini oʻqib, "...bularni oʻzing yozdingmi, qizim?" — degandim. U esa hozirjavoblik bilan "Ha ustoz" degandi. Ana shunda mukammal tabiatga shukrona keltirib, uning telegramidagi profiliga qaradim. U yerda shoira va siyosatchi, Joqorgʻi Kengesi deputati, tumanning faol ayollaridan boʻlgan Shoroxon hududidagi "Yashnobod" MFY raisi Oʻringul Allaberganovaning rasmiga koʻzim tushdi. Tafakkurida bir narsa yarq etib bir nurli iz qoldirdi. Bu nurli iz ustozim Mambetsoli Masharipov edi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-613-9-42495-5 |
ISBN-10: |
613942495X |
EAN: |
9786139424955 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Munisaxon Mambetsoliyeva |
Number of pages: |
60 |
Published on: |
2024-12-19 |
Category: |
Other |