Har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bogʻliqdir. Yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Zero, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va sergʻayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.Yangi Oʻzbekiston tarixiy bosqichiga qadam qoʻyilgan ilk kunlardan buyon milliy yetakchimiz tomonidan alohida va uzluksiz eʼtibor berilayotgan masala maʼnaviyat va maʼrifat boʻlgani holda, boy va hech kimda yoʻq tarixiy-madaniy merosimiz qadr-qimmatini oʻrniga qoʻyish, uni chuqur oʻrganish, undan taʼlim va tarbiyadek oʻta zarur va nozik sohada unumli foydalanishga alohida urgʻu berib kelinayotgani ham haqiqatdir.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-74442-9 |
ISBN-10: |
6206744426 |
EAN: |
9786206744429 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Husan Hakimov |
Number of pages: |
84 |
Published on: |
2024-01-29 |
Category: |
Other |