€ 24,90
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!Qo'lingizdagi mo'jazgina kitobchada muallifning umr yo'li tasvirlangan desak, hech hech ham yanglishmagan bo'lamiz. She'rlar bu insonning ichki kechinmalari, o'y-u tafakkurlari mahsulidir. Bu to'plamdagi she'rlarning yig'ilish jarayoni ham o'ziga xos tarixga ega: (necha jarayonlardan o'tib kelmadı deysiz) muallif 11-12 yoshlaridan she'r yoza boshlaganini eslaydi. Dastlab she'r yozgan-u to'plashga intilmagan, keyinchalik she'rlari unga qadrli bo'lib avaylashga tushgan. Yoshlikdan adabiyotga qiziqqan. Bora-bora she'rlarni bir daftarga yig'a boshladi, yöqotdi ham. Shunday bo'lsa-da, yana yangi kuch va umid topib, ijodini davom ettira oldi, buning uchun O'ziga shukrlar, hamdlar bòlsin.Bo'stoniy taxallusi ostida ijod qiladi. Uning bir jumlasi bor: "Haqiqiy she'riyat insonga qalban va ruhan poklangandagina keladi, tafakkur va qarashlari jam bo'lib qog'ozga muhrlanadi"Kitob ezgu niyatlar ila "Hidoyat" deb nomlandi. Xayrli mutolaa tilaymiz. Kamchiliklar uchun uzr sòraymiz.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-74383-5 |
ISBN-10: |
6206743837 |
EAN: |
9786206743835 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
To'rabek Voxobov |
Number of pages: |
68 |
Published on: |
2023-12-29 |
Category: |
Other |