Yovuzlik guli

Yovuzlik guli

Bir gulning yovuzlar tufayli "Yovuzlik guli"ga aylanishi haqidagi asar

JustFiction Edition ( 2023-07-10 )

€ 90,90

Buy at the MoreBooks! Shop

Yovuzlik bu aslida nima? Mehrli yurakning muz parchasiga aylanishimi yoxud o'sha muz parchasining boshqalarga ozor berishimi? Yoxud o'z manfaati yo'lida boshqalarni qurbon qilmog'imi? Yaqinlarini o'z qo'llari bilan o'ldirmog'imikin yo? Balki begunohlarning qonini to'kmoqlikni yovuzlik deyishar? Balki o'z nafsi uchun hech narsadan toymaslikni? Balki, balki, balki, balkilarni sanasa, sanog'iga yetib bo'lmaydi. Men shunday yovuz kimsalarga yo'liqdimki, ularning qo'lida shunchalar qiynaldimki, dunyoda yaxshilikning borligiga ishonchim o'ldi, yovuzlarni qiynamoq uchun ulardanda yovuz bo'ldim. Tubanlik botqog'iga shu qadar botib ketdimki, chiqishga urunganimda, yanada ichkariroqqa botib bordim. Bora-bora chiqishga urunmay qo'ydim. Chunki menga yovuz bo'lish yoqib qolgandi. Ha, men qilgan ishlarimdan zavqlanardim, olam-olam quvonardim! Menga ozor berishgani uchun, qalbimni yaralashgani uchun boshqalarni jazolab, yuragimdagi otashni o'chirishga urunardim. Ha, men... Men shunaqa yovuzman! To'xtash nimaligini bilmaydigan, hech narsadan tap tortmaydigan...

Book Details:

ISBN-13:

978-620-3-57944-4

ISBN-10:

6203579440

EAN:

9786203579444

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

Marjona Boltayeva

Number of pages:

552

Published on:

2023-07-10

Category:

Science Fiction, Fantasy