«Sen erisha olmaysan» deguvchilar doimo topiladi. "Sen erisha olmaysan" bu gapni eshitmagan inson boʻlmasa kerak. Ba'zi birovlar ushbu gapdan keyin oʻz hikoyasini boshlaydi, yana kimlar bu soʻzga eʼtibor bermasdan yo'lida davom etadi. Menga ham ta'kidlashgan uddalay olmaysan, qila oladigan ishlaring haqida oʻyla deyishgan. O'zlari uddalay olishmagani yetmagandek, menga ham to'sqinlik qilayotgani ba'zi bir odamlarning gaplariga quloq solmasdan maqsadlarim sari harakatlandim. Rejalarimni shunday tuzdimki menga past nazar bilan qaragan, ishonmagan insonlar ustidan g'alaba qilish esa mening asosiy maqsadimga aylangan edi. Bu yomon maʼnoda emas. Shunchaki «Hech kimning taqdiri qanday kechishi haqida bilmaysan, bilmay turib esa og'iz ocha koʻrma» deyish edi asli. Koʻpincha o'ylab qolaman ularning soʻzlariga quloq tutganimda balkim men yozayotgan ushbu kitobning birgina sahifasini hattoki xayolimga ham keltirmagan boʻlar edim.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-2-48963-8 |
ISBN-10: |
6202489634 |
EAN: |
9786202489638 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Oʻgʻiloy Aminova |
Number of pages: |
56 |
Published on: |
2024-10-31 |
Category: |
Other |